Get Mystery Box with random crypto!

#RUHIYAT • Goʻzallikni goʻzal qalblar koʻra oladi. • Agar bi | XXI century

#RUHIYAT

• Goʻzallikni goʻzal qalblar koʻra oladi.

• Agar birovning tashvishi seni ham tashvishga solsa;
- bilki,  hali tabiating toza ekan.

• Agar oʻzingdan boshqalarda ham goʻzallikni koʻra olsang;
- bilki, ichki dunyoying goʻzal ekan.

• Agar birodarlik rishtalarini muhofaza qila olsang;
- bilki, sen uchun nurli yoʻllarda doim hamroh  topiladi.

• Agar oʻzingdan boshqalarga ham xolis  yaxshilikni qila olsang;
- bilki, sen vafoga juda yaqinsan!

• Bilgin

• Aybsiz doʻst qidirgan yolgʻiz yashaydi;
• Nuqsonsiz juft izlagan boʻydoq oʻtadi;
• Qiyinchiliksiz yor istasang... istab yuraverasan;
• Jon kuydirmasang jonona qayda;

• Labingni asosan ikki narsaga ishlat:
- biri tabassum;
- ikkinchisi sukut.

• Tabassum mushkul ishlarni hal qiladi;
• Sukut esa mushkul ishlarni oʻtkazib yuboradi.