Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent uchun raqobat boshlandi: Davlat oliygohlari ham o' | Xususiy oliygohlar | INFO

Abituriyent uchun raqobat boshlandi: Davlat oliygohlari ham o'zini reklama qilmoqda. Sensatsiya!

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kanalida kun davomida ko'plab yirik davlat oliy ta'lim muassasalari haqida o'qishga taklif chaqiruv reklamalari e'lon qilinmoqda.

Bu yil davlat oliygohlariga hujjat topshirayotganlat soni negadir juda passiv. Kvotalar tasdiqlanganiga qaramay abituriyentlar keskin ortib ketmayapti.

Albatta, bu holatga O'zbekistonda ochilayotgan xususiylarning ta'siri katta. Ham sharoit tomonlama, ham kontrakt narxlari tomonlama bemalol davlat oliygohlari bilan raqobat qila oladigan xususiylar maydonga chiqmoqda.

Davlat oliygohlaridagi zo'r-zo'r professor-o'qituvchilarning sharoiti va oyliklari yuqori xususiylarga o'tib ketayotganini gapirmasa ham bo'ladi.

Yashash uchun kurash bu. Bunaqa bo'lgach endi davlat oliygohlari ham nimadir qilishi kerakku! Magistraturada ahvol dabdala. Chet tili sertifikat talabi borligiga kvotalar bo'm-bo'sh qolib ketmoqda.

Yagona umid bakalavriyatdan!

@Xususiy_oliygohlar