Get Mystery Box with random crypto!

AJIB TUSHLAR Yana ajib tushlar ko'ribman, Tushlarimda uni ko' | Suyunov she'rlari

AJIB TUSHLAR

Yana ajib tushlar ko'ribman,
Tushlarimda uni ko'rdim men.
Yana ajib tushlar ko'ribman,
Huzurida yonib turdim men.

Chirmab borar olovli to'lqin,
To'lqinlarda bo'lurman abas.
Yonishlaring qo'ynidan yulqib
Koshki sudrab chiqsa bu nafas.

Alanga chaqnaydi ko'zimda,
O'tlar meni tashladi tilib.
Sevgi, sevgi mening bo'g'zimda,
Kalimaga kelmaydi tilim.

Shunday ajib tushlar ko'ribman,
Tushlarimda uni ko'rdim men.
Shunday ajib tushlar ko'ribman,
Huzurida yonib turdim men.

Yana sevgim qoldi yurakda,
Ul qiynaydi meni beomon.
Tushlarim ham tugab bormoqda,
Bir so'z ayta olmasman hamon.

Rauf Parfi

@Sohibjon_Saydullayev