Get Mystery Box with random crypto!

Ushbu grantning yakuniy natijalari chiqishni boshladi. G‘olib | Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Ushbu grantning yakuniy natijalari chiqishni boshladi. G‘olib bo‘lganlar bilan telefon orqali bog‘lanib, kontrakt to‘lovini o‘tkazib berish uchun OTMdan shartnomalar olamiz.

G‘olib bo‘lganlarning ism-familiyasi e‘lon qilinmaydi (asosan yetimlar va kam ta‘minlanganlarga berilayotgani uchun, ularni oshkor qilishni istamadik). Ammo 1-2 kun ichida OTMlar kesimida 31 nafar g‘olib ma‘lumotlarini e‘lon qilamiz. Sizga telefon qilishsa, demak g‘olibsiz. Telefon qilishmasa, unda afsus, bizni to‘g‘ri tushunasiz, hozircha faqat 31 kishiga yordam berish uchun imkoniyatimiz yetadi.

Bundan tashqari kelib tushgan arizalarni o‘qib, ehtiyojmandlar soni ko‘pligiga amin bo‘lyapman. Shu sababli imkonim yetganicha boshqa homiylarni, tashkilotlarni, saxovatpesha tanish insonlarni jalb qilib, yana-da ko‘proq talabalarning kontrakti uchun moddiy yordam berishga albatta harakat qilamiz. Toma-toma ko‘l bo‘lur degandek, harna kam sonli bo‘lsa-da insonlarga yordam bera olsak, xursand bo‘lamiz.