Get Mystery Box with random crypto!

Bugun — ovozli chat! Litsenziyasi bekor qilingan universitet | Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Bugun — ovozli chat!

Litsenziyasi bekor qilingan universitet talabalarining oʻqishini koʻchirish tartibi haqida gaplashamiz.

Yaqin vaqt ichida bir nechta nodavlat oliy ta’lim muassasalarining litsenziyasi sud qarori asosida bekor qilindi. Tabiiyki minglab talabalar va ularning ota-onalarida “Endi biz nima qilamiz?” degan haqli savol tug’ilmoqda.

Shu kabi savollarga javob topish maqsadida bugun, soat 19:00 da @xushnudbek kanali orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshligʻi Abduvali Xoliqov bilan ovozli chat tashkil qilyapmiz.

Savollaringiz bo’lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin.


@xushnudbekuz