Get Mystery Box with random crypto!

​Uyga keldim. Tinchlandim. Endi batafsil yozaman. Speaking y | Xushnudbek's blog)

​Uyga keldim.
Tinchlandim.
Endi batafsil yozaman.

Speaking yomon bo'lmadi. Yaxshi gapirdim. Examiner ham Maria ismli yoshi katta, kulib turgan, xushchaqchaq ayol edi.

Faqat menga ayrim narsalar xalaqit berdi.

Birinchidan, men imtihonga face to face (yuzma-yuz) soat 10:00 da kirishim kerak edi. Lekin afsuski Maria opa kasal bo'lib qolganliklari sababli sizdan zoomda imtihon olishadi deyishdi. Men o'zi yil davomida shu zoomdan qochib, face to face ga topshirgan edim. Chunki, zoomda bor emotsiya va body languagemni ko'rsata olmasligimni bilar edim. Qolaversa, zoomda ba'zan ovozi pasayib qolgani tufayli ayrim savollarni yaxshi eshitolmadim.

Ikkinchidan, soat 10:00 da zoomda boshlashsa ham mayli edi. Texnik nosozliklar tufayli biroz kech boshlanadi uzr deb 2 soat ichkarida ushlab turishdi va 12:00 da boshlashdi. Bu paytda meni asabim ancha buzilgan edi. Chunki, hayajon bilan shuncha kutish menga yomon ta'sir qildi. Xullas, imtihonga asabiy holatda kirdim.

Demak, savollar:
Part 1:

-Work and study,
-Watchs,
-Meeting friends

Part 2:
Describe a competition that you want to participate.

Part 3:
-Related to part 2.

Xulosam, tinch holatda, o'zingizga ishonch bilan mazza qilib gapirsa, speaking men kutganimdan ancha osonroq ekan. Shuncha ko'r bo'lib tayyorlanasan lekin 15 minutda o'tib ketadi

P.S: Rasmda testimni zoomga o'zgartirgani uchun mendan uzr so'rayotgan British Council.