Get Mystery Box with random crypto!

Angren shahar prokuroriga intizomiy jazo qo‘llanildi Toshkent | Xushnudbek.uz

Angren shahar prokuroriga intizomiy jazo qo‘llanildi

Toshkent viloyati prokuraturasining maʼlum qilishicha, Angren shahar prokurori Ulug‘bek Habiljonov faoliyatda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun intizomiy jazoga tortildi.

Biroz avval Angren shahar prokurorining qordan tozalanmagan maktabdagi videosi tarqalgandi. Unda prokuror "maktab hovlisi umuman tozalanmagan, o‘qituvchilari ham yo'q, bekordan bekorga oylik olib yotishibdi. Hamma maktab o'ziga xulosa qilsin, aks holda biz xulosa qilamiz" degan gaplarni aytgandi.

Videoda Angren hokimi va shahar IIB boshlig‘i ham borligi aytilgandi.

Natijada o‘qituvchilarni obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotgani ijtimoiy tarmoqda ko‘plab eʼtirozlarni keltirib chiqardi.

Bugun Ulug‘bek Habiljonov aytgan fikrlari uchun uzr so'rab, o'qituvchilarni hurmat qilishini hamda qattiq afsusdaligni bildirdi.

Ushbu masala bo‘yicha maktab va maktabgacha taʼlim vaziri Hilola Umarova ham bayonot berib, Bosh prokuratura rahbariyati bilan gaplashganini va holat nazoratga olinganini aytgandi.

"O‘qituvchi qadrlanmagan yurt hech qachon taraqqiy etmaydi", - dedi vazir.


@xushnudbek