Get Mystery Box with random crypto!

Ayrim ma’lumotlar: • “Nodirbek avval ham Karlsenni yutganku, | Xushnudbek.uz

Ayrim ma’lumotlar:

• “Nodirbek avval ham Karlsenni yutganku, nega buncha vahima?”, deb ko’pchilik hayron bo’lmoqda. Chunki Nodirbek Karlsenga qarshi birinchi marta klassik shaxmatda (bir necha soat o’ynaladi) o’ynadi va birinchisidayoq qora donalarda mag’lub etdi. Avval u rapidda (tezkor shaxmat, vaqt kam) yutgandi. Klassik shaxmat asosiy va obro’li hisoblanadi.

• Solishtirish uchun: Karlsen klassik shaxmatda juda kam yutqazadi. Masalan, oxirgi 5 yilda u atigi 7 marta yutqazgan (oxirgi rasmga qaralsin).

• Nodirbek jonli reytingda TOP-20 shaxmatchi safiga kirdi. U ayni daqiqalarda dunyo bo’yicha 18-o’rinda turibdi (ikkinchi rasmga qaralsin).

• Kechagi g’alabadan so’ng Nodirbek Abdusattorov turnirda yakka peshqadam bo’lib oldi. Lekin hali oldinda yana 8 ta o’yin bor (uchinchi rasmga qaralsin).

• Bugun Nodirbek Abdusattorov yana bir yosh va kuchli hind grossmeysteri Pragg bilan o’ynaydi.

• Challangers guruhida esa Javohir Sindorov braziliyalik Luis Supi bilan kuch sinashadi.

• Yana ko’pchilik Karlsen-Nodirbek o’yini videosini ko’rib, qanaqa qilib Nodirbek yutganini tushuna olmabdi. Mot bo’lmadiku, deb yozishmoqda. Professional shaxmatda TOP shaxmatchilar motgacha borishmaydi. Ular vaziyatni tahlil qilib, ancha avval mag’lubiyatni tan olishadi. Kecha Magnus ham qora piyoda b2 katagiga yurilgach, farzinga chiqishini qaytara olmasligini bilib, taslim bo’ldi.

Siz bilan biz u, yolg’iz shohimiz qolsa ham tan olmasdan oxirigacha o’ynab yuraveramiz


@xushnudbek