Get Mystery Box with random crypto!

Ozgina moliyaviy maslahat 1. Daromadingni 10% qismini rezerv | Xurshidbek Otaxonov

Ozgina moliyaviy maslahat

1. Daromadingni 10% qismini rezerv uchun ushlab tur. Necha pul topsang ham. Qiyin kunlarda — qarz olish, mos bo’lmagan ishlarni tanlash, haromga qiziqishdan saqlab qoladi.

2. 100$ dan qimmat, senda hali yo’q narsani olmoqchi bo’lsang — ishlatilganini ol. Yangisidan farqini sezmaysan baribir.

3. Vaqtingni tejaydigan xarajat — xarajat emas. (Dostavka, taksi, yordamchi). Sharti: ortib qolgan vaqting foydali sarlfashing.

4. O’zing bilan yer o’rtasidagi narsalardan pul tejama — Poyabzal, matras, gilam, balon. Qolgan narsalarda tejasa bo’ladi.

5. Biror narsaga qurbing yetishini belgisi — shu narsadan qiynalmay ikkita ola olishing. Demak oxirgi pulga olish — xato. Bo’lib to’lashga olish ham. Istisno: Pul topadigan/vaqtingni tejaydigan buyumlar.

6. Har yili daromadingni kamida 10% (+ inflatsiya) ga oshirishga harakat qil. O’smayapsanmi? — cho’kyapsan.

7. Pulni bekorchilikka sarflaydiganlar davrasida yurma.

@xurshidbekotaxonov_blog