Get Mystery Box with random crypto!

Senga motivatsiya kerak emas Senga savol kerak. Savol motiva | Xurshidbek Otaxonov

Senga motivatsiya kerak emas

Senga savol kerak.

Savol motivatsiyaga qaraganda seni kuchliroq oldinga boshlaydi.

Savolga javob savollarni paydo qiladi.

Motivatsiya esa kam hollarda motivatsiyani paydo qiladi.

Savol ko’p bo’lsa izlanish va harakat ham ko’p bo’ladi.

Savolga javobni qayerdan qidirishni bilasan.

Kitobdan, ustozdan, googledan, you tube yoki boshqa joylardan.

Motivatsiyangni qayerga ishlatishni esa bilmaysan.

Ingliz tilini o’rganishga bo’lgan motivatsiya seni o’rningdan turgizishi mumkin ammo nima qilish kerakligini aytmaydi.

Ingliz tilini qaysi kitobdan yoki qayerdan o’rganay degan savolga esa ko’plab joylardan javob olsang bo’ladi.

O’zinga savol ber va unga javob qidir shunda senda savollar paydo bo’ladi.

@xurshidbekotaxonov_blog