Get Mystery Box with random crypto!

eSIM Haqida Qisqacha Ma'lumot..! eSIM - bu qurilmaning o'ziga | Xurshid.Com || Shaxsiy Blog

eSIM Haqida Qisqacha Ma'lumot..!

eSIM
- bu qurilmaning o'ziga o'rnatilgan raqamli SIM-karta. eSIM oddiy SIM-kartaga o'xshash, lekin u jismoniy mavjud bo'lmaydi shuning uchun uni sindirmoq yoki yo'qotmoq mumkun emas. eSIM oddiy SIM-kartaga o'xshab internet, SMS va qo'rg'iroqlar funksiyalarni o'z ichiga oladi.

eSIM afzalliklari – bu bir vaqtning o'zida ikkita raqamdan foydalanish imkoniyatini beradi ya'ni: oddiy SIM-kartada va eSIMda. Mobil qurilma yo'qotilgan yoki o'g'irlangan holatda telefoningizning blokirovka qilish funksiyasi, firibgarlarning bank SMS-xabarlariga kirishiga yo'l qo'ymaydi.

eSIM-ni qanday ulash mumkin. Mijoz (jismoniy shaxs) kompaniyaning shaxsiy ofislaridan biriga murojaat qilishi kerak. Sizda eSIM texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydigan qurilma va mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo'lishi kerak.

eSIM-ni faollashtirishdan oldin mijoz mobil qurilmaning IMEI kodi ro'yxatdan o'tganligini tekshirishi kerak, agar ro'yxatdan o'tmagan bo'lsa, raqam 30 kundan keyin o'chirilishi mumkin.

eSIM qo'llaydigan qurilmalar.
eSIM qo'llaydigan eng ommabop qurilmalar:
eSIM iOS и Android smartfonlari qo'llaydi, ba'zi bir planshetlar.


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Bizning kanal: @xurshid_com