Get Mystery Box with random crypto!

EKSTЕRNAT TARTIBIDAGI IMTIHONLARDA ISHTIROK ETISH UCHUN ARIZA | ХЎЖА САХАТЛИКЛАР

EKSTЕRNAT TARTIBIDAGI IMTIHONLARDA ISHTIROK ETISH UCHUN ARIZA BЕRISH (HUJJAT TOPSHIRISH) MUDDATI TUGASHIGA 23 KUN QOLDI


Xalq ta’limi vazirligining 2015-yil 13-apreldagi “Eksternat to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 9-mh-sonli buyrug‘i (Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 11-mayda 2670-raqami bilan ro‘yxatga olingan), 2018-yil 15-noyabrdagi 13-mh-sonli “Eksternat to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi”gi buyruqlari hamda 2024-yil 29-yanvardagi 02-02/2-167-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2024-yil 1-fevraldagi 02-61/21-sonli buyrug‘i bilan Samarqand shahridagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (9-11-sinflar negizida) Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazuvchi “Viloyat eksternat maktabi” etib belgilangan.

Ta’kidlash joizki, turli sabablarga ko‘ra, o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’limni tamomlay olmagan fuqarolar eksternat tartibida yakuniy attestatsiyalarni topshiradi.
Jarayonlarda ishtirok etish uchun ariza berish muddati my.gov.uz portali orqali onlayn 1-may sanasiga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

@samarqandvxtb

Telegram | Facebook