Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqillik muborak. Do'ppingizni ko'kka oting | Xudoyberdi To'ychiyev

Mustaqillik muborak.

Do'ppingizni ko'kka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak,
mustaqillik kun muborak.

Madh etgancha sho'x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardir buyuk kelajak,
mustaqillik kun muborak.

O'zbek eli o'ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko'rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko'prik,
Mustaqillik kun muborak.

El yurt dardida Jon sarak
Vatan deya urgan yurak.
Sizlarga chin qalbdan tilak
Mustaqillik kun muborak...

Assalomu alaykum Aziz yurtdoshlar! Mustaqillik ayyomi bilan barchangizni muborakbod etaman. Ilohim hamisha mana shunday yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo'lsin.

Xudoyberdi To'ychiyev

Official Page
Telegram | Instagram | You tube | Web