Get Mystery Box with random crypto!

​So'zsiz sevgi. Vujudimda sizga bo'lgan tuyg'u uy | Xudoyberdi To'ychiyev

So'zsiz sevgi.

Vujudimda sizga bo'lgan tuyg'u uyg'oq
Ishonmaysiz sof sevgimga olloh guvox
So'zlamoqqa netay axir tilim gumrox
Qizig'i yo'q yoki buni sezmaysizda
Sizni qanday sevishimni bilmaysizda.

Beparvodik yonimda siz bo'lgan har chog'
Asli Zimdan qarab har on charchadim ox
Muxabbatim bayon qilay desam ogoh,
Jurat yetgan chog'i imkon Bermaysizda
Sizni qanday sevishimni bilmaysizda.

Gohi bezib ketarman xo'p o'zimdan ham,
Qalbim qilgan xatosiga ko'zimda nam,
Yigit boshga ju'ratsizlik qilar Alam
Aybim sevdim aytolmadim ko'nglim sizda
Lekin afsus sevishimni bilmaysizda.

Sevishimni bilmasangiz ham sevaman
Yoki meni sevmasangiz ham sevaman
Siz meniki bo'lmasangiz ham sevaman
Balkim joy yo'q mening uchun ko'nglingizda
Qalbimda siz va Yana siz bilmaysizda.

Ko'zlaringiz sizga bog'lab qo'ydi netay
Sizni so'rab og'rinsa qanday ovutay
Imkon bo'lsa qalbim qaytib Bering ketay
Manzur tuting bizdan gunox qilmaysizda
Bilmay sevdik siz bexabr bilmaysizda.


Xudoyberdi To'ychiyev
http://www.uzbekona.uz/sms/xudoyberdi_to_39_ychiyev_so_39_zsiz_sevgi/2020-07-25-3020