Get Mystery Box with random crypto!

​Sevib qoldim Shekilli Maxallada duv-duv gap Kutulmagan bir | Xudoyberdi To'ychiyev

Sevib qoldim Shekilli

Maxallada duv-duv gap
Kutulmagan bir sabab
Bir qiz ko'nglim etdi zavt
Sevib qoldim shekilli

Yo'qday xuddi boshqa joy
Shu yo'ldan yurmay o'lay,
Uchrab bir suluv xo'shro'y
Sevib qoldim shekilli.

Ul xurluqo parivash
Taxminan o'n yetti yosh
Qo'shni uyga kelganmish
Sevib qoldim shekilli

Nogohon ko'rib qolib
Aql-xushimni olib
Qarasin deb yutalib
Sevib qoldim shekilli

Jilovlanib suv oqar
Qo'lda chelak, suv olar
Suvda Aksi tovlanar
Sevib qoldim shekilli.

Esib shabboda shamol
Uchdi ketdiyu hayol
Menimcha bu bir gap bor
Sevib qoldim shekilli.

Bir bor qarasa kulib
Rosa maxliyo bo'lib
Hullas kalom ishqilib
Sevib qoldim shekilli.

Balkim baxtim kulmoqda
Bir nimadir bo'lmoqda
Yurak duk-duk urmoqda
Sevib qoldim shekilli.

Ne bo'lsa mayli bo'lsin
Yaxshilikka buyursin,
Yurakning ishi qursin
Sevib qoldim shekilli.

Juratsizlikni tashlab,
Hazil-hazul so'z boshlab
Misoli oshiq mashrab
Sevib qoldim shekilli.

Avvaldan tanish kabi
Yoqdimi deyman gapim
Pinxon kulgu ayladi
Sevib qoldim shekilli.

U ham menga befarqmas
Sezib qoldim shekilli.
Sevgi bizga ham Nafas
sevib qoldim shekilli

Xudoyberdi so'zim il,
Sevgi shirin azob bil!
Xaa senimi sevmay o'l
Sevib qoldim shekilli.

Maxallada duv-duv gap
Kutulmagan bir sabab
Bir qiz ko'nglim etdi zavt
Sevib qoldim shekilli

Yo'qday xuddi boshqa joy
Shu yo'ldan yurmay o'lay,
Uchrab birs suluv xo'shro'y
Sevib qoldim shekilli... ...


Xudoyberdi To'ychiyev

𝐉𝐨𝐢𝐧


Official Page
Telegram Instagram
You Tube Web Site