Get Mystery Box with random crypto!

​Seningdek vafoli do'stim yo'q ekan. Yiqildim ko | Xudoyberdi To'ychiyev

Seningdek vafoli do'stim yo'q ekan.

Yiqildim ko'zimni ochdi bu Hayot
Sinaldi do'st degan va dildan sevgan.
Dardim jim eshitgan darddoshim itim,
Seningdek vafoli do'stim yo'q ekan.

Nogiron xolingcha o'zing o'ylamay,
Tun-u kun xizmatda bilmaysan tinim
Tark etdi ishongan do'st-u, yaqinim
seningdek vafoli do'stim yo'q ekan.

Zabonsiz mexri lek daryo-yi itim
Egasiga sodiq fidoyi itim
O'shanda sizmadim savdoyi edim
Seningdek vafoli do'stim yo'q ekan.

Men-chi men, ne qildim sening uchun ayt,
Mexr istab kelsang deya "Tur yuqol"...
Lekin yuz burmayin sodiq turgancha
seningdek vafoli do'stim yo'q ekan.

bir burda non bersam shukurlar qilib,
Men nodon umrini so'ragan itim,
Nomardni Siylab, Do'stga Qildim Zulm
Seningdek vafoli do'stim yo'q ekan.

birovlar kamsitsa g'azabim kelar,
Mayli ho'p kulsalar, o'zlari bilar
Bir tola yungingga arzimas ular,
Seningdek vafoli do'stim yo'q ekan.


Xudoyberdi To'ychiyev