Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT,E'LON! Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonid | Xalqaro baholash dasturlari

DIQQAT,E'LON!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish ishlari davom etmoqda.

Аgentlik quyidagi ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish bo‘yicha mualliflar tarkibi tanlovini eʼlon qiladi:

Matematika (6-sinf)
Matematika (7-sinf)
Kimyo (7-sinf)
Kimyo (8-sinf)

Qanday hujjatlar talab etiladi?

ishtirok etish uchun ariza;
qatnashchilarning maʼlumotnoma-obyektivkasi;
darslik majmuasining konseptsiyasi (0,5 bosma toboqqacha);
darslikning rejasi (bo‘limlar va mavzular mazmunining tezisli bayoni, 1 bosma toboqqacha);
bitta bob bo‘yicha ishlab chiqilgan namuna matni.

Takliflar joriy yilning 1-avgustiga qadar asl nusxada va elektron shakli kitob@piima.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Tanlov shartlari haqida batafsil saytimizda o'qing.