Get Mystery Box with random crypto!

Qurbon hayiti munosabati bilan aholi kamida uch kun dam oladi | 𝕏𝕆ℝ𝕀𝕁𝕀𝕐 𝕋𝕀𝕃𝕃𝔸ℝ 𝔽𝔸𝕂𝕌𝕃𝕋𝔼𝕋𝕀 (BuxDU) rasmiy kanali

Qurbon hayiti munosabati bilan aholi kamida uch kun dam oladi

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, 11-iyul (dushanba) barcha xodimlar uchun (ish haftasi turidan qatʼi nazar) qoʻshimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.

Bundan tashqari, besh kunlik ish haftasiga ega boʻlgan xodimlarning dam olish kuni 16-iyul, shanba kunidan 12-iyul, seshanba kuniga koʻchirildi.

Olti kunlik ish haftasiga ega boʻlgan xodimlar uchun 12-iyul, seshanba kuni ham qoʻshimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.

Shu tariqa, Oʻzbekiston aholisi Qurbon hayitida quyidagi kunlarda dam oladi:

9-iyul — shanba (dam olish kuni - hali rasman tasdiqlanmagan);
10-iyul — yakshanba (taqvim boʻyicha dam olish kuni);
11-iyul — dushanba (qoʻshimcha ishlanmaydigan kun);
12-iyul — seshanba (qoʻshimcha ishlanmaydigan kun/koʻchirilgan dam olish kuni).

Bizni kuzatishda davom eting!