Get Mystery Box with random crypto!

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning taomnomasi ma | XPRESS

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning taomnomasi ma’lum qilindi

Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, askarlarga 3 mahal sifatli va kaloriyaga boy, ya’ni palov, manti, chuchvara va qozonkabob kabi milliy va boshqa taomlar berilmoqda. Ovqatlar kaloriyasi 4636,39 kkalni tashkil etadi.

Bundan tashqari, ularga 20 gramm tabiiy asal, 25 gramm dudlangan kolbasa, 25 gramm qattiq pishloq, 50 gramm meva-rezavorlar sharbati, 10 gramm sarimsoq piyoz va 40 gramm birinchi navli bug‘doy uni mahsulotlari, 1 dona tovuq tuxumi ham berib borilmoqda, deyiladi vazirlik axborotida.

Xpress.uz