Get Mystery Box with random crypto!

Instagram va Facebook foydalanuvchilarining lentasida begona p | XPRESS

Instagram va Facebook foydalanuvchilarining lentasida begona postlar keskin ko‘payadi

Bu haqda Meta rahbari Mark Sukerberg investorlar bilan muloqotida ma’lum qildi. “Lentani siz obuna bo‘lgan sahifalarning kontenti emas, sun’iy intellekt yordamida tanlanadigan tavsiyaviy kontent asosida shakllantirishga o‘tyapmiz”, dedi u.

Sukerbergning aytishicha, hozir Facebook foydalanuvchilari lentasidagi 15 foiz kontent sun’iy intellekt yordamida tanlangan, yil oxirigacha bu raqam kamida 30 foizga yetkaziladi.

Xpress.uz