Get Mystery Box with random crypto!

Turkiyada inflatsiya 80 foizga yetdi Turkiyada inflatsiya su | XPRESS

Turkiyada inflatsiya 80 foizga yetdi

Turkiyada inflatsiya su’rati 24 yillik rekordni yangilab, 2022-yil iyulida yillik 79,6 foizga yetdi. Lira qadrsizlanishi bilan birga, oziq-ovqat va energiya (transport) narxlari keskin ko‘tarilmoqda.

Mamlakatda giperinflatsiya o‘tgan yilning kuzida, Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizga tushirganidan keyin avj olib ketgandi. Prezident Erdo‘g‘an iqtisodiy o‘sishga erishish uchun foiz stavkalarini pasaytirish siyosatini olib bormoqda. Hukumatdan mustaqilligi poymol qilingan Turkiya Markaziy bankida 2018-yildan beri uch marta rahbar almashdi.

Muxolifat Erdo‘g‘anni populizmda ayblab, haqiqiy inflatsiya darajasi rasmiy raqamlardan yuqori ekanini aytadi.

Xpress.uz