Get Mystery Box with random crypto!

14 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgani uchun qamalgan uch er | XPRESS

14 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgani uchun qamalgan uch erkak muddatidan oldin ozodlikka chiqdi

2021-yil aprel oyida Toshkentdagi maktablardan birining jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘z o‘quvchisini avvaldan ijaraga olingan kvartiraga olib kelib, u yerga ikki tanishini ham chaqirgan. Sud qizni jinsiy aloqaga qarshilik qilmagan deb hisoblab, jinoyatni (guruh bo‘lib) zo‘rlash moddasi emas, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddasi bilan malakalagan. Qizning onasi bergan apellyatsiya rad etilgan.

Nemolchi.uz loyihasining Bosh prokuraturaga tayanib xabar berishicha, jinoyat tashkilotchisi – 1991 y.t. X.A.X. 4 yilga qamalgan, lekin oradan 1 yil o‘tib, muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan. Jazoning o‘talmay qolgan salkam 3 yillik qismi shu davr mobaynida maoshining 20 foizini davlatga to‘lash sharti bilan ahloq tuzatish ishlariga almashtirilgan.

Uning ikki sherigi esa 2 yilga qamalgan, biroq oradan 6 oy o‘tib, muddatidan oldin shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan. Jazoning o‘talmay qolgan 1,5 yillik qismi shu davr mobaynida maoshining 15-20 foiz qismini davlatga to‘lash sharti bilan ahloq tuzatish ishlariga almashtirilgan.

Xpress xabar ostidagi izohlarda bolaning o‘zi aybdor deb aytilgan yoki gumon qilingan har qanday izoh o‘chirilishini ma’lum qiladi.

Xpress.uz