Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston xazinasidagi boylik miqdori ilk marta 35 mlrd doll | XPRESS

O‘zbekiston xazinasidagi boylik miqdori ilk marta 35 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari 1-iyun holatiga 35,5 mlrd dollarga yetdi. Bu – may oyiga nisbatan 1,4 mlrd dollarga ko‘p, tegishli ma’lumotlar oshkor qilina boshlagan 4 yillik davrdagi maksimum ko‘rsatkichdir.

Zaxiralar hajmi oshishi o'tgan oyda oltin qimmatlashgani bilan bog'liq.

Ma’lumot uchun, rasmiy zaxiralar kutilmagan va salbiy tashqi shoklardan “xavfsizlik yostiqchasi” vazifasini ham bajaradi. 35,5 mlrd dollar – O‘zbekistonning 20 oylik importini moliyalashtirishga yetadi.

Xpress.uz – Siz kutgan format