Get Mystery Box with random crypto!

Taqvo , Hayo, Nafs

Telegram kanalining logotibi xotirjamnafs — Taqvo , Hayo, Nafs T
Telegram kanalining logotibi xotirjamnafs — Taqvo , Hayo, Nafs
Kanal manzili: @xotirjamnafs
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

Hayo ayol kishining asosiy qadrlanadigan narsasi
Qancha qancha betaqvoni ko'rdik, taqvo so'zi tildan tushmagan!

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-31 04:35:52
Kimgadur oshiq bölsangiz shu videoni köring!
652 views01:35
Ochish/sharhlash
2022-07-30 08:56:24
'Men islomni ulug'lash uchun yaratilganman"...

-Dedilar Abdulloh ubn Zubayr(r.a.) yetti yoshlarida,
biz esa yigirma yosh nima uchun yaratilganimizni tushunmaymiz...



@xotirjamnafs
604 viewsedited  05:56
Ochish/sharhlash
2022-07-28 15:58:37


اللَّهُمَّ إِنِّي ظَلَمْتُ نَفْسِي ظُلْمًا كَثِيرًا،
وَلَا يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلَّا أَنْتَ. فَاغْفِرْ لِي مَغْفِرَةً مِنْ عِنْدِكَ، وَارْحَمْنِي
إِنَّكَ أَنْتَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ

АЛЛОҲУММА ИННИ ЗОЛАМТУ НАФСИ ЗУЛМАН КАСИРО,

ВА ЛА ЯҒФИРУЗ-ЗУНУБА ИЛЛА АНТА

ФАҒФИРЛИ МАҒФИРОТАН МИН ИНДИКА ВАРХАМНИ.

ИННАКА АНТАЛ ГОФУР АРРОҲИМ.

НИМА УЧУН АБУ БАКР ЖАННАТ АҲЛИДАНЛИГИ АНИҚ БЎЛСАДА СОЛЛАЛЛОҲУ АЛАЙҲИ ВАСАЛЛАМ ИСТИҒФОР АЙТИБ ЯШАШНИ ЎРГАТДИЛАР

ЧУНКИ ИСТИҒФОР БАНДАНИ ОҲИРАТДА ОЛИЙ БЎЛИШИГА,
ВА ДУНЁДА ФАРЗАНД ВА МОЛ ДАВЛАТИГА БАРОКАТЛАР ЁҒИЛИШИГА САБАБ БЎЛАДИ...

Маъноси,

Аллоҳим мен ўз нафсимга кўп гунохлар билан зулмлар қилдим,

Гунохларни Сенгина кечирасан,
Мени ўз хузурингдан бўлган мағфират ила кечириб рахм қил,
Сен кечирувчи рахм қилувчи Зотсан.


@xotirjamnafs
860 viewsedited  12:58
Ochish/sharhlash
2022-07-27 17:10:43
Қиз отасини қуёшнинг иссиғидан ҳимоя қилмоқда. Бу ҳали ҳаммаси эмас, у ҳали отасини охиратда жаҳаннам иссиғидан ҳам ҳимоя қилади. Ин шаа Аллох

@xotirjamnafs
700 viewsedited  14:10
Ochish/sharhlash
2022-07-26 21:48:17 𝘜𝘚𝘏𝘉𝘜 𝘟𝘈𝘛𝘖𝘕𝘐 𝘛𝘖'𝘟𝘛𝘈𝘛𝘈𝘠𝘓𝘐𝘒 / 𝘛𝘖𝘓𝘐𝘉𝘐 𝘐𝘓𝘔𝘓𝘈𝘙𝘎𝘈 𝘌𝘚𝘓𝘈𝘛𝘔𝘈
𝓑𝓲𝓻𝓲𝓷𝓬𝓱𝓲 𝓺𝓲𝓼𝓶

Eng katta muammo tolibi ilmning odobi yo'qligidadir.
Bizning hozirgi sharoitimiz ilm olish uchun avvalgilardan yaxshiroqdir. Ammo nega biz ularchalik bo'lolmayapmiz?
Bizning zamonamiz Roboniy olimlar zarurdir.
Sonning ko'pligi asosiy yechim emas. Sifat zarur.
Robboniy olimlar bo'lsagina xalqning diiniy ma'rifati va savodxonligi oshadi.
O'sha olimlar millionlab insonlarni hidoyatiga sabab bo'ladi.
Roboniy olimga havas qilib minglab insonlar ilm yo'liga kirishadi.
Biz Robboniy olim bo'lish uchun Robboniy tolibi ilmmizmi ? Shu savolga javob topish kerak.
Hayolingizga bir Robboniy olimni keltiring. Uning hayot yo'lidagi tolibi ilmlik davridan voqif bo'lsangiz, u zotning talabalik vaqtidagi axloqi, qanday jiddu-jahd sohibi ekanligi, ustozlariga qanday xizmat qilganlarini o'rganib ko'rsangiz bilasiz. Bu kishi Robboniy olim bo'lishidan oldin Robboniy tolibi ilm bo'lib bo'lgan ekan-ku deysiz. Robboniy tolibi ilm bo'lishimiz kerak boshqa yo'li yo'q.
Robboniy tolibi ilm bo'lishi uchun sabot hamda Robboniy ustoz kerak.
Imom zohid Kavsariy:(Bir kishi haqida deydi) Iste'dodi nihoyat darajada yaxshi edi. Faqat unga yaxshi ustoz nasib qilmadi " deganlar. Demak bizga Robboniy tolibi ilm bo'lishi uchun Robboniy ustozingiz bo'lishi kerak.
U zot shunday inson bo'lsinki siz u yurgan yo'lda yuring, o'sha insonga o'xshab oling. (ya'ni hidoyat yo'liga)
Imom Maktuboti Robboniy aytadilar: " Biz uch kishi edik. Voqi' Billoh hazratlarining huzurlariga shogird bo'lib bordik. Mening do'stimni ustozga bo'lgan ixlosi shunday ediki " Ha u kishi juda unchalik zabardast avliyo emas " derdi. Uning ixlosi shunaqa edi. Ikkinchisi aytdiki: " U kishi juda avliyo zot, faqat shogirdni o'zi kabi avliyo qilib berolmaydi " degan e'tiqodda edi. Mening ixlosim bo'lsa " Dunyodagi eng avliyo zot shu kishi. Hamda Alloh taolo u kishiga shunday ilm berganki, shogiridini o'zidanda yuqori darajaga chiqara oladi ". Men shunday e'tiqodda edim. Natija nima bo'ldi, natijada ixlosi past bo'lgan do'stim shuncha foyda olib ketdi. Ikkinchisi bo'lsa qancha ixlos qilgan bo'lsa shuncha foyda oldi. Allohga hamdlar bo'lsin, ixlosim eng balandi edi, Alloh men o'ylagandimdanda ziyodasini berdi " deyishadi.
Shogirdni ustozga munosib odobi bo'lishi kerak.
Qo'limizda barcha dardga da'vo bor ya'ni ilm bor. Faqat unga amal qilish kerak.
Ustozini rozi qilmasdan Robboniy Olim bo'lganlar tarixda yo'q.
Ustozning haqqiga rioya etish kerak hamda ilmda sabot lozim.
Ustozning qalbi sindimi, tilida rozi bo'lsa ham Alloh ko'rib turibdiku.
Qaysidir ustozda bir kitob o'qidingiz, u kishini rozi qilib keyin boshqa safarga chiqdingizmi ? (ya'ni: ilm olish uchun boshqa joyga ketdingizmi ustozingizni rozi qilib). Aksar inson unday qilmaydi. Bunda inson ilmda barka topmaydi.
Ustozni siz haqingizdagi orzularini sindirib ustozni ko'nglini sindirgan bo'lasiz.
Allohim qayerda bo'lsam shu yerda meni olim qil deb duo qiling. (ya'ni Alloh sizni qaysi joyga va qaysi ustozga ilm olish uchun tanlagan bo'lsa o'sha yerda sobit bo'ling)
Atoulloh Sakandariy aytadi: " Alloh tanlagani siz o'ylaganingizdan yaxshiroqdir"
Men Misrdan Istanbulga kelgan talabalarni o'qishga qabul qilmayman. Qaniydi o'sha Misrdagi ustozi: " Mening shu talabamni qabul qiling, sizga omonat shu talabam " deganda edi, o'shanda o'ylab ko'rardim. Chunki ularning aksari ustozining rozilgisiz ketib qolgan bo'ladi.
Ustozlarni almashtirib, ranjitib yuraversangiz, baraka topmaysiz. Ustozni qalbini ranjitmasligingiz kerak.
Oldingi ustozlaringizni barchasini bugunoq ziyorat qiling (Hatto muallim soniy o'qitgan ustozingizgacha, barchasini). Imkon bo'lsa har juma boring.
Ustozingiz sizdan ranjisa ilm sizga yuqmaydi.
Ustozingiz sizga 3 pora yoki 5 pora qur'on yodlatgandir. Uning orzusi " Shu talabam oldimda o'tirib xatmga o'tib bersa, bir o'tirganda 30 porani o'qib bersa " deydi. Agar ustozni tark qilsangiz ustozning qalbi og'riydi.

@imamul_huda
661 views18:48
Ochish/sharhlash
2022-07-26 10:22:05 ​​Olovdagi gul

Xolam: "Maryam, sen o'z hayotingni gapiryapsan asli. Bu masjidda nechta o'g'il bola borligini bilasanmi?", deya so'radi.
Bilmasdim. 
Javobsiz qolgan savoliga o'zi javob berdi:
— To'rt yuzta. O'n yildan beri shu yerdasan, birortasining ismini bilasanmi?
— Yo'q.
— Birortasi bilan gaplashdingmi?
— Yo'q.
— Birortasini ko'rdingmi?
— Yo'q.
— Bu yerda erkaklar borligini xayolingdan o'tkazdingmi?
— Yo'q, xolajon, Alloh Quddusdir. Ham "Yo Quddus!" deb, ham qalbimizni, ham xayolimizni kirlatsak, soxtakor bo'lmaymizmi?
Xolam yuzimga kulib qaradi.
Robbimga iffatsizlik qilolmayman. Qalbimga, ko'nglimga, xayolimga tushadigan narsa Robbimga nisbatan iffatsizlik bo'ladi. 
Qalbimni Asmoul husna saroyi bo'lishini istayman. U yerda Robbim borligini shunday his qilamanki, o'sha lahzadagi hayo meni sajdaga yetkazadi.

"Qalb iffati" kitobidan

@xotirjamnafs
599 viewsedited  07:22
Ochish/sharhlash
2022-07-23 13:43:53
Азиз Хожи биродарим.

Хажларингиз қабул бўлсин,

Ибодатдаги мехнатингиз Икки Олам рохатингиз қилиб қайтарилсин,

Қуёш тиғида сабрларингиз,
Қиёматда бандалар бошига келадиган қуёш тиғларидан тўсиқ бўлсин,

Муқаддас заминда босган ҳар бир қадамларингиз миқдорида Аллоҳ Жаннатдаги даражаларингизни баланд олий қилсин,

Аллоҳни уйида мехмон бўлдингиз,
Аллоҳни Жаннатида абадий мезбон бўлиб қолишингиз насиб бўлсин.

Турли ҳил миллатларни бир жойга фақат бир мақсад йиғди,
бу Аллоҳни мағфирати,

Маккадан фақат
Онадан туғилган кунингиздай пок
қайтиб кетинг.

Яна Қаъбани тавофи, хаётингизда кўплаб бор насиб қилсин.

Аллоҳ Сизга берган неъматига шукрона тарзида,

Қолган умрингиз хақиқий тоатда ўтсин.

Сиз ҳақиқий бахтли бандасиз,

Бу бахтни лаззатини, масиятлар билан кетказиб юборманг.

Сизни Азиз қилган,
Зотни ҳаётингиз давомида Азиз қилиб яшанг.

Аллоҳни сизга берган Улуғ мархаматидан сўнг,
Аллоҳни худудларини сақлаб яшанг,

Аллоҳ ва Росулини амри~
Сизни ҳаётингиз бўлсин энди,

Азиз Хожи биродарим.
731 views10:43
Ochish/sharhlash
2022-07-22 10:30:27
Qiroat olimlaridan Abu Mansur Xayyot hazratlari vafot etganlaridan so'ng, bir kishi u zotni tushida ko'rib:
« -Alloh taolo sizga qanday muamola qildi?» deb so'raganda u zot:
" -Yosh bolalarga Fotiha surasini o'rgatganim sababli Robbim meni afv qildi." deya javob bergan ekanlar!

Imom Zahabiy
«Ma'rifatu qurroil kibor», 256-sahifa
679 viewsedited  07:30
Ochish/sharhlash
2022-07-21 07:33:59 Ahmad ibnu AbulHavoriy

"Allohga Allohdan boshqasi yetkaza olmaydi".


Holim senga ayon.Horligim o'zingni huzuringda namoyon.Senga yetishishlikni o'zingdan so'rayman.


•┈┈• •┈┈••┈┈• •┈┈•
Кўнгилга яқин олганларингизга ҳам улашинг

https://t.me/xotirjamnafs
606 viewsedited  04:33
Ochish/sharhlash