Get Mystery Box with random crypto!

Tabriklaymiz Xorazm viloyati Yosh turizm elchilari Kengashi | Xorijiy filologiya UrDU

Tabriklaymiz

Xorazm viloyati Yosh turizm elchilari Kengashiga rais saylandi.

Qalandarova Shahnoza Maqsud qizi
-1999-yil 23-dekabrda Xorazm viloyati Gurlan tumanida tug'ilgan. Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali "Kelajak liderlari" klubi Vitse-prezidenti.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashida mutaxassis, Xorazm MTRKda suhandon bo‘lib ishlaydi.
Joriy yil 3-4-iyun kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumida O‘zbekiston delegatsiyasi a‘zosi sifatida ishtirok etgan.
Xitoy Xalq Respublikasining Chjetszyan provinsiyasi Erkin savdoni rivojlantirish kengashi tomonidan vazirlik homiyligida tashkil etilgan “Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun inson resurslarini rivojlantirish seminari”ni muvaffaqiyatli tamomlagan.

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa