Get Mystery Box with random crypto!

QISHKI PEREVOD HAQIDA BATAFSIL Ko'pchilik 'qishki perevod' d | Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛

QISHKI PEREVOD HAQIDA BATAFSIL

Ko'pchilik "qishki perevod" deb ataluvchi dekabr-yanvar oylarida bo'lib o'tadigan o'qishni ko'chirish jarayonlari bo'yicha savol yo'llamoqda.

Bu tartib haqida endi avvaldan gapirish noto'g'ri bo'ladi, buning quyidagi sabablari mavjud:

Amaldagi tartibga ko'ra, qishki davrda o'qishni ko'chirish faqat uzrli sababga ega bo'lganlarga taalluqli hamda bu respublika hududida bir oliygohdan boshqasiga ko'chirish uchun qo'llaniladi;

O'qishni ko'chirish bo'yicha qarorlar soni ko'payib ketdi – masalan 2017-yildagi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori, 2021-yilda qabul qilingan 5157-sonli Prezident qarori hamda 2022-yildagi 279-sonli Prezident qarori. Eng achinarlisi bu qarorlarning hammasi ishlayapti. Unda bir-birini inkor etuvchi, eskisini rad qiluvchi holatlar bor. Bu esa bir xil vaziyatga 2 xil xulosa berishni anglatadi.

Vazirlik dastavval PQ-279-sonli qarorga ishonib, bir oliygoh doirasida mos va turdosh yo'nalishga o'qishni ko'chirishga ruxsat bermadi. Bu huquqiy jihatdan noto'g'ri ekanligini yozib chiqdik. Qabul yakunlanish arafasida fikridan qaytgan vazirlik maxfiy ravishda oliygohlarga xat yuborib, bir oliygoh doirasida o'qishni ko'chirishga ruxsat berib yubordi.

Biz bu haqida e'lon qilmaganimizda jarayon maxfiyligicha qolib ketar edi.

Xo'sh qishki perevodda ham shunga o'xshash muammolar bo'lishi mumkinmi

Afsuski shunday. Sababi yuqorida aytganimizdek "perevod"ga oid qarorlar ko'payib ketdi va undan xoxlagan mazmunda foydalansa bo'ladi (balki atay shunday qilingandir). Shu sababli ham bu yil qishki perevod jarayoni haqida aniq bir xulosa bera olmaymiz.

Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, aynan o'qishni ko'chirish masalasida umumlashtirilgan yagona qaror ishlab chiqish jarayonida turibdi. Endi u qachon qabul qilinishi esa so'roq ostida turibdi. Lekin shuni aniq aytamiz-ki, qarorlarda aniq lazeykalar bo'ladi. Qarorlarni aniq va tiniq ishlab chiqilmasligining sababi, uni o'z foydasiga ishlatish yo'llari mavjudligida. XDFU (maxfiy) - darajasidagi xatlar uchun axr huquqiy asos yaratib qo'yish kerakku.

Hali bu mavzuga qaytamiz.

Talimgaoid_perevod

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod