Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-dekabrga qad | Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi
2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham)uzaytirildi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishini koʻchiriyotgan talabalar uchun bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini toʻlash va talabalar safiga qabul qilishning soʻnggi muddati ham 10-dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.
Edu.uz
Foydali bot: @Pdfimage_bot
Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar @Xorijdan_Perevod
Xorijiy oliygohlarda ta‘lim olayotgan O‘zbekiston Yoshlari uchun o‘qishga kirish va xorijdan o‘qishini perevod qilish bo‘yicha eng so‘ngi yangiliklar kanali. 👨👦👦Guruhimiz: @...