Get Mystery Box with random crypto!

#fikr #tushuncha O‘qiganing bilan hech kim bo‘lmaysan... Ta | Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛

#fikr #tushuncha

O‘qiganing bilan hech kim bo‘lmaysan...


Tan olish kerak, hozir professor-o‘qituvchilar malakasi yetarli emas. O‘qituvchilarni chet elga o‘qishga jo‘natamiz. Ular bilim olib keladi. Ammo ayrim mavjud standartlar tizimda o‘zgartirishlar qilishga yo‘l bermaydi. Chet elda professor fanni xohlaganicha o‘zgartirishga haqqi bor va uni hech kim tekshirmaydi. Bizda esa kelib tekshiradi. Berilgan soatlari bo‘ladimi yoki dars mazmunimi “standartga javob bermaydi”, deb ketadi. Bizda huquqiy asoslar ham hali yetarli emas.

- O‘zining ustida ishlaydigan professor-o‘qituvchilar deyarli yo‘q. Oldinlari o‘qituvchiga juda ko‘p dars soati berar edik va hozir ham shunday qilyapmiz. O‘qituvchi 700-800 soat auditoriyada ishlaydi. Aslida bunday bo‘lmasligi kerak. O‘qituvchi vazifasining teng yarmini auditoriyada bajarishi lozim va qolgan vaqtlarda ilm bilan shug‘ullanishi zarur. Buni akademik mustaqil bo‘lgan universitetlargina qila oladi.

Bizda maktabda o‘qiyotgan yoshlarda ham kelajagiga qiziqish yo‘q. Jamiyatda “
o‘qiganing bilan hech kim bo‘lmaysan”, degan qarash bor. O‘qishni bitirganing bilan 2,5–3 million so‘m oylikli ish taklif qiladi. Balki asosiy kamchiligimiz shudir. Ya’ni ish berishda birinchi o‘rinda mehnat bozorini ko‘rib chiqishimiz kerakdir. Hozir qancha bolalar ishsiz yuribdi. Oliy o‘quv yurtlarini bitirsa-da ular baribir ishsiz. Agar malakali kadrlarga yaxshi oylik-maosh beriladigan, bo‘sh ish o‘rinlari yetarli bo‘lsa, yoshlar o‘sha malakani egallashga qiziqar edi. Biroq afsuski, holat unday emas.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Daryo” nashriga bergan intervyusida gapirib o'tdi.

Bizni kuzatib boring
@Xorijdan_perevod