#Qabul2022 #Apellatsiya Apellatsiya arizalarini tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng qabul qilinadi
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi.
Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali abituriyentning shaxsiy kabinetida onlayn tarzda qabul qilinadi.
Bunda abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.
Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar @Xorijdan_Perevod
Xorijiy oliygohlarda ta‘lim olayotgan O‘zbekiston Yoshlari uchun o‘qishga kirish va xorijdan o‘qishini perevod qilish bo‘yicha eng so‘ngi yangiliklar kanali. 👨👦👦Guruhimiz: @...