Get Mystery Box with random crypto!

Urganch davlat universitetida “Talabalar forumi” o‘tkazildi. | Xorazm yoshlari | Yoshlar ittifoqi

Urganch davlat universitetida “Talabalar forumi” o‘tkazildi.

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Urganch davlat universitetida “Talabalar forumi” bo‘lib o‘tdi.

Forumdan qator sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda ko‘rgazmalar o‘rin oldi. Jumladan, qizg‘in tus olgan futbol, voleybol, kurash, arqon tortish, shaxmat, stol tennis, armrestling sport musobaqalarida har bir fakultetdan jamoalar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi.

Shu bilan bir qatorda, forumda tasviriy san’at ko‘rgazmasi, talabalarning qo‘l ishlari, innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari universitetda mehmon boʻlgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov “Talabalar forumi”da ishtirok etib, talaba yoshlarning taklif va tashabbuslarini tingladi.

@xorazmyoshlari_yi