Get Mystery Box with random crypto!

MOBIL METODIK GURUH TRENERLARIGA SERTIFIKAT TOPSHIRILDI Xabar | 🔔Xorazm viloyati PYMO'M markazi

MOBIL METODIK GURUH TRENERLARIGA SERTIFIKAT TOPSHIRILDI
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan joriy yil 3-fevralda “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-22 sonli Farmoyishiga binoan viloyatimizda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida “mobil metodik guruh” trenerlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o'tkazilayotgan edi.
Bugun rejalashtirilgan 288 soatlik o‘quv-trening mashg‘ulotlari yakuniga yetib, trenerlarga sertifikat topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Xorazm viloyat hokimi o'rinbosari San'at Salayev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, Urganch davlat universiteti mas’ullari va professor o‘qituvchilari, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Xorazm viloyat bo‘limi vakillari hamda trener o‘qituvchilar ishtirok qildilar.