Get Mystery Box with random crypto!

Voyaga yetmagan o‘quvchilar hayotiga daxldor noxush holatlarni | Urganch shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali.

Voyaga yetmagan o‘quvchilar hayotiga daxldor noxush holatlarning keng yoritilishi ularning ruhiyatiga aks taʼsir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan

Keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida yoshlar o‘rtasidagi salbiy holatlar, xususan, suitsid holatlarini aks ettiruvchi ko‘plab maʼlumotlar uchramoqda.

Albatta, biz so‘z erkinligi kabi tushunchalarni tanqid qilishdan yiroqmiz.

Lekin shunday jarayonlar ham borki, ularning yoritilishi o‘smirlar ongiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, o‘smirlarning ruhiyatiga aks taʼsir ko‘rsatishi psixolog olimlar tomonidan ilmiy asoslab berilgan.

Aytish joizki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mustaqil hayotga jismoniy, tibbiy, ruhiy jihatdan tayyorlash borasida doimiy ravishda ishlar olib boriladi.

Afsuski, shunga qaramay voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan qaltis vaziyatlar, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy holatlarning sodir etilishi barchamizni qayg‘uga soladi. 

Bunday holatlarning oldini olishda har birimizning masʼuliyatimizni oshirish, bolalarni tushunish, ularga eʼtibor, g‘amxo‘rlik va mehr ko‘rsatish, bola huquqlarini himoya qilish, ota-onalarning masʼuliyatini oshirish borasida birgalikda harakat qilishga eʼtibor qaratishimiz lozim. 

Shularni inobatga olib, bunday noxush holatlarni yoritishda eʼtiborli bo‘lishni so‘rab qolamiz.

Psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi psixologi Feruza INAGAMOVAning mavzu yuzasidan tavsiyalari ushbu videoda