Get Mystery Box with random crypto!

21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! Bug | Xon Saroy

21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Bugun ma’naviy boyligimiz bo’lmish, ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan kundir! Shu munosabat bilan siz, aziz yurtdoshlarimizni ushbu til bayrami bilan tabriklaymiz!

“Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsolidir. Bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir.” – degan edi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’zbek tilining qadr – qimmatini e’tirof etib.

Biz o’zbek tilida so’zlashar ekanmiz - ona tilimiz abadiy yashaydi. Zero, o’z tilini bilmoq o’zligini bilmoqdir!