Get Mystery Box with random crypto!

#hadis Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasu | O'zimdan o'zimgacha

#hadis


Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagilarni aytganlarini eshtidim:

«Kim ilm talab qilish yoʻliga yursa, Alloh unga jannat yoʻlini oson qilib qoʻyadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qoʻyadi. Albatta, olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istigʻfor aytadi. Olimning obiddan fazli xuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga oʻxshaydi. Albatta, olimlar paygʻambarlarning merosxoʻrlaridir. Albatta, paygʻambarlar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim oʻshani olsa, ulugʻ nasibani olibdi”.
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.