Get Mystery Box with random crypto!

*** Ba'zan xotiralar qiynar ruhimni, Kecha bilganlarim bugun k | O'zimdan o'zimgacha

***
Ba'zan xotiralar qiynar ruhimni,
Kecha bilganlarim bugun kechmishdir!
Suvdayin sipqordim bor anduhimni,
Meni iztiroblar suvday ichmishdir!

Qor bõlib tõkildi, yomĝirdek yoĝdi,
Xudo sinayverdi singan sabrimni,
Ishonchlar yiqildi, eslarim oĝdi,
Bilmadim, bir umr qidirdim kimni?!

Mudom yashayverdim ishqdan panada,
Menga bitilgani kundayin ravshan,
Chõkib boraverdim yana, yanada...
Qutqarmoqqa kema kelmadi harchand...

Harchand urinsamda kulmadi tole,
Yolĝizlik otiga mingashib ketdim,
Piyolada turgan muzdek suv edim,
Titrandim, sindim - u singishib ketdim!!!

Latofat Amirova
@Xonimm1986