Get Mystery Box with random crypto!

Homilador bo‘lishni rejalashtirar ekan, har bir bo‘lg‘usi ona | 🍼XOMILADORLIK BAHTI😍

Homilador bo‘lishni rejalashtirar ekan, har bir bo‘lg‘usi ona homiladorlikning akusherlik va embrional muddati o‘rtasidagi farq to‘g‘risida, ayol organizmining urug‘lanishga tayyorlanishi haqida oldindan bilib qo‘ysa hamda bolani qorinda ko‘tarib yurish vaqtida nimalardan voz kechish, nimalardan ehtiyot bo‘lish va o‘zining hamda tug‘ilajak farzandining salomatligini qanday qilib mustahkamlash kerakligini yaxshilab bilib olsa yomon bo‘lmaydi.

Homiladorlikning 1-haftasi deganda nimani tushunish kerak?

Akusherlik sohasida homiladorlikning muddatini oxirgi hayz ko‘rilgan kundan boshlab hisoblash odat tusiga kirgan. Ovulyatsiya boshlangan aniq kunni, tegishli ravishda, homilador bo‘lganlik sanasini aniqlash o‘ta mushkul bo‘lganligi sababli shunday hisoblash turi qabul qilingan. Agar homiladorlik muddati “akusherlik” uslubiga tayangan holda hisoblanadigan bo‘lsa, birinchi haftada hali hech qanday homilaning mavjud bo‘lishi mumkin emas, shunday ekan, birinchi haftaning ichida homiladorlikni aniqlab bo‘lmaydi.

Aslida ayol kishida ovulyatsiya siklning 12-14-kunlarida boshlanishi kerak: yetilib turgan tuxumhujayra urug‘lanishga tayyorlangan holda follikuladan chiqadi. Lekin amalda barchasi biroz boshqacharoq yuz berishi mumkin. Ovulyatsiya har bir ayol kishi organizmining o‘ziga xos xususiyatlaridan va siklning davomiyligidan kelib chiqib, siklning 7-8-kunlarida ham, 20-21-kunlarida ham sodir bo‘lishi mumkin. Shu tariqa, homiladorlikning birinchi haftasi butun qirq haftalik muddatning ichida eng sir-sinoatli va hatto yolg‘ondakam sezgilarga boy davr hisoblanadi, chunki uni akusher-ginekologlar faqatgina nazariy jihatdan hisob-kitob qiladilar.

Homiladorlikning birinchi haftasida nimalar yuz beradi

Taajjublanarli, lekin urug‘lanish jarayoniga tayyorgarlik va homiladorlikning kelgusi rivojlanishi tuxumhujayraning shakllanish bosqichidayoq boshlanadi: ayolning gormonal holati, uning asab tizimi o‘zgarishi va boshqa ko‘p narsalar – bularning barchasi har oyda har bir sikl davomida sodir bo‘lib boraveradi.

Homiladorlik boshlanishining birinchi haftasi turlicha hisoblanishi hech kimga sir emas. Bu narsa homiladorlikni “hisoblash nuqtasi” sifatida nimadan kelib chiqilishiga bog‘liq. Agar akusherlik muddatlaridan kelib chiqib hisoblanadigan bo‘lsa, birinchi hafta oxirgi hayz ko‘rilgan kundan boshlanadi, “haqiqatdagisi” (UZIga natijalariga ko‘ra aynan uni sizga aytishligi mumkin) bo‘yida bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi.

1-haftadagi homiladorlikning belgilari

Aslida, “akusherlik” homiladorligining dastlabki ikki haftasi sirli tarzda o‘tadi. Bunda hatto bo‘lg‘usi onaning o‘zi ham uning tuxumhujayrasi urug‘lanishini bilmaydi. Ana shuning uchun ham homiladorlik belgilari albatta mavjud bo‘lmaydi. Homiladorlikning birinchi haftasida ko‘ngil aynish yoki sut bezlarining bo‘rtib qolishi, tabiiyki, sezilmaydi.

Birinchi hafta juda muhim, hatto hal qiluvchi palla hisoblanadi. Ko‘pincha homilaning kelgusidagi rivoji, hatto embrionning bachadonda mustahkam qaror topishi aynan shu pallaga bog‘liq.

Ertalabki ko‘ngil aynib behuzur bo‘lish, ovqat hidi yoki kechagina o‘ziga xush yoqqan atir-upa hidining badbo‘y bo‘lib tuyulishi haqida gapirishga hali erta. Lekin homiladorlikning birinchi haftasida turli ajralmalar chiqishi mumkin, bundan xavotirga tushmaslik kerak – bu xavfli emas va tabiiy holdir. Homiladorlikning birinchi haftasida ayolning qonidagi OXG darajasi unchalik katta bo‘lmaydi. Siz biror-bir o‘zgarishlarni umuman sezmasligingiz ham mumkin. Bu ham tabiiy holat.

Homiladorlik testi, albatta, salbiy natijani ko‘rsatadi. Agar siz soppa-sog‘ bo‘lsangiz va gormonlar bilan muammoingiz bo‘lmasa, natija aynan shunday chiqishi tabiiy. Rangi oqish, zo‘rg‘a ko‘rinadigan ikkinchi chiziq unda 10-12 kunlardan keyingina yuzaga chiqadi.

Homiladorlikning 1-haftasidagi sezgilar

Birinchi akusherlik haftasida homiladorlikning mavjudligi ayol uchun sirli bo‘lib qoladi. U o‘zining tuxumhujayrasi urug‘langanligini hatto taxmin ham qilmasligi mumkin.
@Homiladorlikbahti