Get Mystery Box with random crypto!

#Al_Jome_As_Sahih Kun hadisi Odam yollab ishlatish haqida ki | 🕋💫🅧🅞🅛🅘🅢🅛🅘🅚 🅢🅐🅡🅘💫🕋

#Al_Jome_As_Sahih
Kun hadisi

Odam yollab ishlatish haqida kitob, 3-bob.
Zarurat tug‘ilganda yoki ahli Islomdan biror odam toiilmaganda mushriklarni ham yollab ishlatishning joizligi haqida


Nabiy sallallohu alayhi va sallam Xaybar yahudiylarini yollab ishlatganlar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: “Janob Rasululloh va Abu Bakr (avval) Banu ad-Dayl qavmiga, keyinchalik Banu Abd ibn Adiy qavmiga mansub bir odamni (u Quraysh kofirlari dinida edi) mohir yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lgani uchun o‘zlariga yo‘l ko‘rsatuvchi qilib yollashdi-da, unga ikki tuyalarini topshirib, u bilan uch kechadan keyin Savr g‘orida uchrashishni va’dalashishdi. U uchinchi kechaning tonggida tuyalarni ularga (eson-omon) topshirdi. Shu yerdan ular Omir ibn Fuhayra va yo‘l ko‘rsatuvchi bilan birga yo‘lga tushdilar. Yo‘l ko‘rsatuvchi ularni sohil bo‘ylab boshlab ketdi”.

t.me/Xolislik_Sari_Muslim