Get Mystery Box with random crypto!

#Shunchaki Bugun bir voqeani ko‘rib juda ham ta‘sirlandim. | 🕋💫🅧🅞🅛🅘🅢🅛🅘🅚 🅢🅐🅡🅘💫🕋

#Shunchaki

Bugun bir voqeani ko‘rib juda ham ta‘sirlandim.
Xufton namozi vaqti yaqinlashyapti...
Ko‘zlari ojiz bo‘lgan Muazzinni Azon aytishi uchun hali endi maktab borayotgan o‘gli yetaklab keldi. Mikrafonni otasiga qulay qilib berdi. Otasi bilan kulishib gaplashishar, qancha vaqt qolgani haqida suhbatlashishardi. Azonni aytib bo'lganidan so‘ng yana kelib namoz o‘qiydigan joyga olib borib qo‘ydi va o‘zi ham namozxonlar safiga qo'shildi.
Oddiy bir voqea. Qiziq deyarli har kuni takrorlanadigan bu voqeani avvallari ko'rsam ham e‘tibor bermagan ekanman.
Bu voqeada mo‘minlar uchun ko'plab ibrat bordir. Avvalo otaning bolaga bergan tarbiyasi, bolaning otasiga bo‘lgan mehri...
O‘ylanib qoldim...
Ko‘zimga yosh keldi...
Men otam uchun nima qilganman? Qanday xizmatlarini qildim? Yo faqat xafa qildimmi? Qanday o‘g‘il bo‘ldim o‘zi. 23 yoshgacha kirib qilgan xizmatlarim shu 8-9 yoshlardagi bolaning otasiga ko'rsatgan xizmatlariga teng kela oladimi? Men farzand bo‘lib nima qila oldim?
Qani endi otam hozir tirik bo'lganlarida edi...
Balki tirik bo'lganlarida ham baribir oldingidek g‘aflatda yasharmidim. Xuddi ota-ona bizlar uchun umrimizni oxirigacha yonimizda bo‘ladigandek. Xuddi ular hech qachon o‘lmaydigandek yashaymiz!
Birodarlarim, otangiz ham, onangiz ham bir kun sizni tashlab ketadi. Ular ketishganlaridan so‘ng faqatgina mahzunlik qoladi siz uchun. O‘tgan umringizni sarhisob qilasiz. Va amin bo‘lasizki ularga yaxshi xizmat qila olmagan bo‘lasiz. Vijdon azobi sizni tark etmaydi. Yoshlik qilib bir marta bo‘lsada ularni ranjitganingiz uchun o'zingizni kechira olmaysiz!
Ota onangiz bormi?
Ularni duosini oling!
Hokisorlik qilib, xizmatlarida bo‘ling!
Ularga shirin so‘z ayting!
Bir kun keladi albatta, aytilmagan har bir gaplar, ko‘rsatilmagan har qanday xizmatlar, berilmagan har bir mehr uchun afsuslanasiz!
Dunyoni qo‘ying! Pul topish dardini bir chekkaga yig‘ishtiring! Sevgi muhabbatni qo‘ying! Do‘st og‘aynilarni qo‘ying!
Bularni barchasi sizni tashlab ketadi, barchasi sizga xiyonat qiladi! Barchasi sizning oldingizda shunchaki vaqtincha xolos! Umringizda aqalli bir marta ushbu gaplarga quloq solib tafakkur qilib ko‘ring!
Bilaman, agar ushbu gaplarni o‘qib turib balki ota onangiz ko‘z oldingizga kelar. Balki ularni sog‘inar, va Balki ularni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni aytgingiz kelar...
Lekin afsuski ko‘pchiligingiz bu ishni qilmaysiz! Men ham avvallari shunday gaplarni eshitgandim: "Keyin kech bo‘ladi..."
Ha...
Kech bo‘ldi.