2022-06-05 00:07:24
Prezident maktablari kirish imtihonlarining I bosqichi joriy yilning
1-2 iyul oyida Respublikaning barcha hududlarida “Cambridge Assessment Admissions Testing” (Buyuk Britaniya) tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan nazorat materiallari asosida tashkil etiladi. Talabgorlarga I bosqich imtihonlarida matematika fanidan 30 ta savol uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi.
Bunda har bir hududdan birinchi bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 480 nafar, Respublika bo‘yicha jami 6720 nafar talabgorlar II bosqich kirish imtihonlarida ishtirok etadi. Cambridge Assessment tashkiloti bilan birgalikda Prezident maktablariga kirish imtihonlarining II bosqichini 25-26-iyul kunlari o‘tkazish rejalashtirilgan. II bosqich saralash imtihonlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash (tanqidiy fikrlash) bo‘yicha – 16 ta masala;
- mantiq elementlari bo‘lgan matematika (muammoni yechish) fanidan – 24 ta masala;
- ingliz tilidan 55 ta test savollari beriladi. Belgilangan vazifalarni bajarish uchun jami 110 daqiqa vaqt ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5 maydagi №233 sonli “Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risida nizom”ning 11-28-bandida ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni qabul qilishni aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili fani hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra amalga oshirishi ko‘rsatilgan. Har bir sinfdagi o‘quvchilar soni 24 nafardan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
621 viewsIlham Japakov, 21:07