Get Mystery Box with random crypto!

#Tezkor ANDIJONDAGI BARCHA AGTKSHLAR FAOLIYAT KO‘RSATADI A | Xo‘jaobod tumani matbuot

#Tezkor

ANDIJONDAGI BARCHA AGTKSHLAR FAOLIYAT KO‘RSATADI

Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi AGTKShlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.

Viloyatmizda gaz ta'minotining asta-sekinlik bilan yaxshilanishi sababli, yurtdoshlarimizga hamda yo‘lovchi tashish transportlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida 2023-yil 22-fevral kuni viloyatdagi mavjud barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati soat 08.00 dan 13.00 ga qadar olib boriladi.

Hurmatli vatandoshlar! Eslatib o‘tamiz AGTKShlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.

Shuningdek, AGTKShlarda gaz quyish vaqtida gaz xo‘jaligi qoidalariga amal qilishingizni so‘rab qolamiz.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati


https://t.me/Xojaobodpressa