Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiyot xodimlarining maoshlari 10-15 foizga oshiriladi Prez | Xo'jaobodliklar | Расмий !

Tibbiyot xodimlarining maoshlari 10-15 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 1-iyundan boshlab oliy va birinchi toifali tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maoshi 15 foizga, ikkinchi toifali va toifasi yo‘q xodimlarning maoshi 10 foizga oshiriladi. Alohida natijalarga erishgan soha vakillariga 100 foizgacha, yosh shifokorlarga 1 mln so‘mgacha oylik ustama to‘lanadi.

Barcha tibbiyot xodimlari dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi. Tibbiyot xodimlari yilda bir marta teatr va konsert tomoshalariga bepul olib boriladi.

Murakkab operatsiyalarni bajargan shifokor-xirurglarga 25 foiz ustama joriy etiladi. Fan doktori ilmiy darajasiga ega shifokorlarga 60 foizgacha, fan nomzodi yoki PhD darajasiga ega shifokorlarga 30 foizgacha har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.

@Xojaobod_uz