Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilini o‘rganishga qancha vaqt ketadi? Avvalo, til o‘r | 🇨🇳🇺🇿Xitoy tili/ Davron Nizomov

Chet tilini o‘rganishga qancha vaqt ketadi?

Avvalo, til o‘rganishda insonning bilim olish qobiliyati eng asosiy faktorlardan biri hisoblanadi. Muayyan bir tilni o‘rganishda u tilning boshqa tillarga nisbatan qiyinlik darajasi farq qilishi mumkin. Ingliz yoki rus tilini oladigan bo‘lsak, bu tildagi so‘zlar, axborotlar va qo‘shiqlarga bu tilni umuman tushunmaydigan insonlar ham kuniga duch kelishadi va eshitishadi.

Bu o‘z o‘zidan sizning ushbu til atmosferasida harakatlanayotganligingizni anglatadi. Demak, siz Xitoy tilini 1 yil, yoki 2 yilda ham o‘rgana olmasligingiz mumkin. Chunki bu tilga hayotimizda kamdan kam to‘qnash kelamiz.

Til o‘rganishga qancha vaqt ketishi, avvalo siz ta’lim olayotgan joyga ham bog‘liq. Agarda u yerdagi sistemaning tayyorlov muddati noma’lum yoki eski metodlardan iborat bo‘lsa, siz 3 yilda ham bu tilni o‘rgana olmaysiz. Demak, til o‘rgana olmayotganligingizga yagona sabab bu - siz emas! Albatta, ta’lim olayotgan joyga ham bog‘liq.

Nigo schoolda biz bilan tez va samarali o'rganasiz
973303029
Do’stlarga ulashing
WebSite / Telegram / Instagram / TikTok / YouTube