Get Mystery Box with random crypto!

Obligatsiya (lotincha: obligatio — majburiyat) — qiymatiga nis | Xayrulla Sattarov

Obligatsiya (lotincha: obligatio — majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga (qatʼiy belgilangan) daromad keltiruvchi qimmatli qogʻoz, qarzni qaytarib berish va foiz toʻlashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi.

Obligatsiya aholi, korxona va tashkilotlar qoʻlidagi pul mablagʻlarini toʻplab, biror maqsad yoʻlida safarbar etish uchun chiqariladi.

Obligatsiya, asosan, davlat, mahalliy va korporatsiya Obligatsiyalariga boʻlinadi.

Obligatsiya uyushtirilgan savdo orqali (birjalarda) va erkin joylashtiriladi. Obligatsiya moddiy yoki pul mablagʻi evaziga kafolatlangan yoki kafolatlanmagan boʻlishi mumkin.

Zayom Obligatsiya ilk bora 17-asr boshlarida Angliyada chiqarilgan boʻlib, keyinchalik jahonning bir qancha mamlakatlarida muomalaga kiritilgan.

Kanalga ulanish @xayrullasattarov