Get Mystery Box with random crypto!

A Seriya-20/21 'Milan' Inter' Xayrulla Hamidov: Muxli | Xayrulla Hamidov official

A Seriya-20/21

"Milan" Inter"

Xayrulla Hamidov:

Muxlislar toʻlardi, San Siro, senda,
Futbol bir kulardi, San siro, senda.
Esimda, esimda oʻsha zoʻr damlar,
Ne janglar boʻlardi, San Siro, senda!

Nolinchi yillarning sargardonligi,
Kichik mundial deb atalgan seriya.
Milan va Interning libosi talash,
Har muxlis qoʻlini tutolgan seriya.

Bugun yana qaytdi tarix iziga,
Lukaku, Zlatan jangin koʻrgani.
Magʻrur tikilmoqchun kurva koʻziga,
Skudetto uchun jangga kirgani.

Yana boʻlingandir shahar ikkiga,
Qaytib qoldi oʻsha tarixiy sana.
Bolaligim sevgan Milan derbisi
Eng yaxshi derbiga aylandi yana.

Koʻring tiffozining azaliy oʻchin,
Koʻring, koʻrishingiz hozir soʻrayman.
Italiya futbolin sevganim uchun
Futbol vatanidan uzr soʻrayman.

Eng yaxshi derbini tomosha qilishga tayyormisiz? Boshladik boʻlmasa...

Rasmiy sahifalarimiz

@UZREPORT_SPORT | @FUTBOLTV