Get Mystery Box with random crypto!

Xayrli kech Tong tilab

Telegram kanalining logotibi xayrlikechtilab — Xayrli kech Tong tilab X
Telegram kanalining logotibi xayrlikechtilab — Xayrli kech Tong tilab
Kanal manzili: @xayrlikechtilab
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 54
Kanalning ta’rifi

Kanalimizga qo'shiling va yaqinlaringizga xayirli tong va xayirli kech tilaklarini ulashing.
admin...

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-11-12 18:58:47 Tungi uyqingiz osuda bo'lsin,
Ertangi kuningiz omadli kelsin,
Sizga tilayman shirin bir uyqu,
Unitilmas sira qalbdagi tuyg'u!
11.8K views15:58
Ochish/sharhlash
2020-11-12 18:58:25 Sevgilim, bu oqshom go'zal xayol sur,
Xayol kemasida olib ketay yur,
Baxtning og'ushida yum ko'zlaringni,
Xayrli tun jonim, shirin
tush ko'r
11.7K views15:58
Ochish/sharhlash
2020-11-12 18:54:51 Noumid shayton

Tabaroniydan rivoyat qilinadi: 
“Abu Farva ismli bir odam kelib Janobi Payg‘ambarimizdan:
— Boshdan-oyoq gunohga botgan, qilmagan noma’qulchiligi qolmagan bir kimsa tavba qilsa bo‘ladimi? — deb so‘radi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, unga:
— Sen musulmon bo‘lganmisan? — dedilar.
— Ha.
— Unday bo‘lsa, bundan keyin yomonliklarni tashlagin-da, hamisha yaxshilik qil. Alloh taolo sening avval qilgan gunohlaringni yaxshiliklarga aylantiradi.
— Barcha xiyonatu soxtakorliklarimni hammi?
— Ha.
U odam takbir ayta boshladi va chiqib ketdi. Keta-ketgunicha (bizga ko‘rinmay qolgunicha) takbir aytdi».

Do'stlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAFHqf2yc42phWJTa3Q
11.8K views15:54
Ochish/sharhlash
2020-11-12 18:08:57
JUMA KUNI HAQIDA

… Qahf surasini o’qish
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Kimki juma kuni surai Qahfni o’qisa, oyoqlari ostidan osmonlarga qadar uning uchun bir nur yuksaladi. Bu nur qiyomata qadar porlab turadi. Ikki juma o’rtasidagi xatolar avf etiladi”.
“Juma kuni surai Qahf o’qigan kishi sakkiz kun barcha fitnalardan saqlanadi. Dajjol chiqsa ham, uning yomonligidan muhofaza qilinadi”.
“Biror kishi juma kuni yoki oqshomi surai Qahfni o’qisa, o’qigan joyidan Makkai Mukarramaga qadar nurga to’ladi. Kelgusi jumagacha va yana uch ziyoda kunga gunohlari kechiriladi. Yetmish ming farishta tongga qadar uning avf etilishini tilaydi” (Abu Dovud rivoyatlari)




ULASHING https://t.me/joinchat/AAAAAFHqf2yc42phWJTa3Q
10.8K views15:08
Ochish/sharhlash
2020-11-12 18:05:33 Oxirgacha o'qing...

O'zingiz xaqingizda blishni istaysizmi oxirigacha o'qing.

-kivi--kivi--kivi--kivi
-kivi--kivi--kivi--kivi
-kivi--kivi--kivi--kivi
-kivi--kivi--kivi--kivi
-kivi--kivi--kivi--kivi
-kivi--kivi--kivi--kivi
-kivi--kivi--kivi--kivi
-kivi--kivi--kivi--kivi
-kivi--kivi--kivi--kivi
-kivi--kivi--kivi--kivi

Men sen haqingda 4ta ma'lumotga egaman.

1) sen kivini oxirigacha o'qimading
2) sen kivini orasida kino borligini sezmading
3) sen orqaga qaytib kino bor yoki yo'qligini tekshirib ko'rding va men seni aldaganimni bilding
4) sen og'zingni ochib jilmayding

Men sen haqingda yana 11ta malumotni bilaman.

1) sen bularni o'qiyapsan
2) sen hozir tiriksan
3) sen "P" harfini lablaringni tekkizmasdan aytolmaysan
4) sen buni tekshirib ko'rding
5) sen davomini o'qiyapsan
6) sen bularni axmoqona gap ekanligini o'ylayapsan
7) sen shunchalik shoshilib o'qiganingdan 5 raqami yo'qligini sezmading
8) sen shunchalik 5 raqami bor yoki yo'qligiga qarading
9) seni yana bir marta aldaganimni sezding
10) sen kulyapsan
11) sen bularni kimgadir yuborishni o'ylayapsan.

Do'stlaringizga ham ulashing,
ular ham bir kulishsin
10.1K views15:05
Ochish/sharhlash
2020-11-04 21:39:20 Sizni yaxshi ko‘raman...

Abdulloh ibn Sarjasdan, roziyallohu anhu:
«Janobi Payg‘ambarimizga:
— Men Abu Zarrni yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Buni o‘ziga aytdingmi?
— Yo‘q.
— Borib aytgin.
Shundan so‘ng Abu Zarrni topib: 
— Men seni Alloh uchun yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin, — dedi u.
Keyin bu haqda Rasuli akramga aytgan edim, shunday marhamat qildilar:
— Yaxshi ko‘rgan kishingga: “Sizni yaxshi ko‘raman”, deyishing savobdir».

***

Bir odam Ibn Abbosning yonidan o‘tdi. 
— Bu odam meni yaxshi ko‘radi, — dedi Ibn Abbos.
— Qaerdan bilasan? — deb so‘rashdi undan.
— Chunki men uni yaxshi ko‘raman, — deb javob berdi u.
10.9K views18:39
Ochish/sharhlash
2020-11-02 17:18:00 Alloh uchun do‘stlashgan ikki cho‘pon bo‘lgan ekan. Bir kuni ikkovlon so‘zlashib o‘tirib, biri dardini aytib qolibdi:
— Do‘stim, men oshiq bo‘ldim...
— Alloh xayrli qilsin! Nega mahzunsan? Kimga oshiq bo‘lding?
— Podshohning qiziga. Unga yetishish mening buyuk orzuim.
— Shunaqami? Nima qilsak ekan? Ha, topdim. Bir paytlar men safarda orif zot bilan birga bo‘lgan edim. O‘sha zotdan so‘raymiz.
Ikki do‘st o‘sha orif zotning oldiga borib, vaziyatni tushuntirishibdi.
— Buning yo‘li oson, — debdi orif zot. — Falon yerdagi g‘orga borasan, qirq kun tinmay “Alloh, Alloh, Alloh” deysan.
Yigit rozi bo‘lib, orif aytgan ishni boshlabdi. O‘n kun o‘tibdi, o‘n besh kun o‘tibdi. Yigit garchi tili “Alloh” desa-da, xayolida podshohning qizini tasavvur qilib zikrni davom ettiraveribdi. 25 kunlardan keyin butun shahar bu darveshning holidan ogoh bo‘lib, so‘zlay boshlabdi: “Ko‘rdingizmi, bir darvesh g‘orda tunu kun Allohni zikr etyapti. Qandayin go‘zal!”
Yigit odamlarga e’tibor bermas, holdan toyib qolgan bo‘lsa ham, podshohning qizi visolida, tinmay zikr etar va qirqinchi kunni astoydil kutar edi.
Bu gap-so‘zlar podshohning saroyiga ham borgach, vazirlar:
— Podshohim, bilasiz, valiylar kelgan joylarga Allohning barakasi nozil bo‘ladi, odamlarda muhabbat paydo bo‘ladi. Qanday qilib u zotni shahrimizda olib qolsak ekan? — deyishibdi.
— Saroyim oldiga bir saroy qursak, qabul etarmikan?
— Yo‘q, orif zotlar mol-dunyoga qarashmaydi.
— Vazirlikni bersam-chi?
— Uni ham qabul etmaydi.
— Unda nimani maslahat bersasizlar?
— Karimangizni unga nikohlab bering.
— Agar valiy zot qabul qilsalar, bu menga ham sharaf.
Qirqinchi kun yetib kelibdi. Shu kunda podshoh va uning a’yonlari, yigitning do‘sti darveshning huzuriga borishibdi. Yigit tasbeh bilan hamon zikr qilardi. Yigit zikrni to‘xtatishi bilan podshoh salom berib, so‘rabdi:
— Hazrat, sizning bu yurtda bo‘lishingiz bizga sharaf. Buyuring, sizga bir saroy qurdiraman.
— Keragi yo‘q.
— Unda keling, yurtni birga boshqaraylik.
— Yo‘q.
— So‘nggi umidim shuki, mening bir qizim bor. Garchi sizga loyiq bo‘lmasa-da, uni nikohingizga olsangiz.
— Yo‘q.
Shunda cho‘ponning do‘sti yugurib, uning oldiga kelibdi-da, so‘rabdi:
— Qirq kunki, zahmat chekib shu podshohning qizi uchun zikr etding-ku. Endi nega undan voz kechyapsan?
Do‘sti tabassum qildi-da, shunday javob berdi:
— Men qirq kun podshohning qizi uchun “Alloh” deganimga huzurimda podshohu vazirlar tiz cho‘kyapti. Agar Alloh uchun  “Alloh” desaydim, nelar bo‘lmasdi...
9.9K views14:18
Ochish/sharhlash