Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Ilmning avvalini Qur'ondan boshlagan va b | 🪶𝐗𝐚𝐭𝐭𝐨𝐭𝐥𝐚𝐫 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐢 | 𝐑𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥

Assalomu alaykum!
Ilmning avvalini Qur'ondan boshlagan va biz ummat uchun uni dasturi amal qilgan Allohga hamdu sanolar bo'lsin!
Qur'on xizmatiga sababchi bo'lgan va unga umrini baxshida etgan ustozlarimizdan Alloh rozi bo'lsin!
Ayni damda dunyo qorilariga Qur'on ilmlaridan tahsil berayotgan Abdulqodir Usmon ustozimizning silsilaviy va jamoaviy suralar tilovati to'plamini siz Qur'on shaydolariga havola qilish arafasidamiz!
Ustozning xolisligi ilmning nafi tegishiga asosiy kalitdir! Shayx Abdulqodir ustozning dars xalqalarida minglab shogirdlar jamlangani va g'oibona bolsada ushbu Qurʼon darslaridan foydalanish, barchamizga xayrlardan bir sababdir!
Davomiy tarzda kunlik bir surai karimani ixlos bilan tinglashligimiz, qisqa vaqtda albatta o'z samarasini beradi deya umid qilgan holda
Bismillah deya darslarni sizlarga ulashamiz!
Albatta ushbu xayrli amalda sherik boʻlishingizni va Qur'on shaydolari jamoamizga muhabbatli ahli Qur'onlarni chorlashingizni so'rab qolamiz!
@quron_shaydolari1