Get Mystery Box with random crypto!

Oʻrgandim... Hech ham adolatli bo'lmasa-da, hayotni kechirish | 𝒬𝒶𝓁𝒷𝒾𝓂 𝓈𝑜𝓏𝓁𝒶𝓇𝒾💔

Oʻrgandim...

Hech ham adolatli bo'lmasa-da, hayotni kechirishni o'rgandim.

Ozor chekkanimda ne qadar azob chekmoqqa arzisa-da, muhim emas deyishni o'rgandim.

Kimnidir qanchalar o'ylasam o'ylayin, qanchalar sevsam sevayin, tag'in ham ortidan qaramasdan keta olasan deyishni o'rgandim.

Rozi qila olmasam-da birovni, rozi boʻlishni; unutmasam-da, unutilishni o'rgandim.

Qadr deb bilganim aslida qiymatsizlik ekanligini o'rgandim...

Va qanchalar qaro boʻlmasin, qora tun ortida yorugʻ tong borligini, oʻtmaydi deb oʻylaganlarimning barchasi vaqti kelib oʻtishini oʻrgandim

#organyapman