Get Mystery Box with random crypto!

Avvallari: – Deraza oldida sariq gul turgan boʻlsa, bu uyda | Profelga Rasmlar | Rasmiy kanal

Avvallari:

– Deraza oldida sariq gul turgan boʻlsa, bu uyda kasal kishi bor... Uy oldida va hattoki bu koʻchada shovqin-soʻron qilma degan maʼnoni bildirgan.
– Deraza oldida qizil gul turgan boʻlsa, bu uyda turmushga chiqish yoshiga yetgan, bokira qiz bor... Uy oldidan oʻtayotganingda gap-soʻzingga eʼtiborli boʻl, haqorat soʻzlarni gapirma degan maʼnoni bildirgan.
– Qizga sovchi boʻlib kelgan
yigitning namozxon ekanligini yoki benamoz ekanligini bilish uchun shimining tizzasiga eʼtibor berishgan...
– Mehmonga qahvaning yonida suv ham keltirilar edi... Agar mehmon toʻq boʻlsa, avval qahvani, aksincha och boʻlsa, avval suvni olardi... Shunga qarab mehmonga dasturxon yozib taom tayyorlanardi yoki meva keltirilardi...
– Eshik ustida ikkita toʻqmoq
boʻlardi. Biri yoʻgʻon, ikkinchisi ingichka. Kelgan kishi ayol boʻlsa, eshikni ingichka toʻqmoq bilan taqillatardi. Shundan kelib
chiqib, xonadon sohibasi eshikni ochardi. Agar erkak kishi boʻlsa, yoʻgʻon toʻqmoq bilan taqillatardi. Xonadon sohibasi eshikni parda bilan toʻsib ochardi yoki biror mahrami (eri va h.k.) ochardi.
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning 63 yoshda vafot etganlari eʼtiboridan 63 yoshdan oshgan ulugʻlarimizdan yoshlari
soʻralganda: “Haddan oshdik”,
deyishardi...
– Yoʻlda kichiklar kattalarning oldiga tushib yurmas edi...
– Fitr sadaqasi, Zakot mollari Ramazondan avval – Shaʼbon oyida berilardi, “Faqiru fuqaro Ramazonga toʻqlik bilan kirsin”, deyishardi.
– Yigitlar kelishilgan,
unashtirilgan qizlar bilan uchrashuvga borganlarida hadiya sifatida oyna olib borishardi. Bu: “Senga oʻzingdan yanada goʻzalroq beriladigan hadya yoʻq”, degani edi...

Avvallari shunday ekan
ajoyib bólgan ekanda
@yuraksz_09