Get Mystery Box with random crypto!

Mana Juma ayyom ham kirib keldi. Ba'zan kanalim faqat Juma bil | Telba hayollar...

Mana Juma ayyom ham kirib keldi. Ba'zan kanalim faqat Juma bilan tabriklaydigan kanal bo'lib qolgandek tuyulib, butun bir hafta ichida boshqa post joylay olmayotganimga hijolat bo'laman siz azizlarimdan. Lek ishoning shu birgina hafta men uchun shunaqangi tez o'tadi..... Ammo qilganlarim 1 hafta uchun juda arzimas . "Dam olib turish ham kerak" deb oqlayman o'zimni o'zim. Juda uzoq dam oldik, juda uzoq. Go'yo shiddat bilan o'tib borayotgan umrimiz dam olishga bag'ishlanayotgandek. Nimaga shu vaqt hecham dam olmaydi, yuraveradi, o'taaveradi...
Tun yarmida telba hayollarim hamisha ichimda g'alayon qiladigan savolini nihoyat oldimga chiqarib qo'ydi shu bugun. Chindan dam olib turishi ham kerak inson (albatta bunga arziydiganlar bor oramizda)...
Xullas fikrimni noto'g'ri tushuntirib qo'ymaslik uchun juda ko'p yozishim talab qilinyapti (hayolimga "to'xta hozir buni bunday tushunib qolishadi, buni aytib o'tishing kk.. va hokazo" gaplar kelaverayapti )
Meni tushunib olasizlar degan umiddaman (unda post yozib nima qilasan )
Xullas Baxtlilarim, mendan tuzukroq fikrlar chiqquniga qadar mana shunday postlarimdan o'qib turasizlar endi
.....va men hozircha hech bo'lmaganda Juma ayyom bilan muborakbod etib turaman

@XasantoyevaNM