Get Mystery Box with random crypto!

Maktab Sog'inamiz o'sha onlarni Eslab oyga tolaveramiz Bag'rin | Xasan shoir she'rlari

Maktab
Sog'inamiz o'sha onlarni
Eslab oyga tolaveramiz
Bag'ringda biz bugun yiroqa
Hayir deya ketaveramiz
===========
Hayir endi qadirdon do'stlar
Hayir deyman sizga muallim
Hayot yo'lin ko'rsatar bizga
Avvolam bor siz bergan ta'lim
===========
Qorlar otib qorbobo yasab
Qor qiz edi sinfdosh qizlar
İloji yo'q afsus ku bugun
Ajralamiz hayotda bizlar
==========
Bu dargohni tark etish qiyin
Ko'zda yoshim qalqib turibdi
Sizga aytsam bu mitti yurak
Hali hanuz eslab yuribdi
==========
Yillar ko'rmay sinfdosh yuzi
Tanimaydi go'zal chehrasin
Ortiga qaytsa qadirdon do'stlar
To'htatardim hayot kemasin
==========
Armonim ko'p jonajon maktab
Aytsam to'lar dilda daftarim
Seni eslab o'qiyveraman
Senga atab yozgan xatlarim